#Alisher_Navoiy_585yilligi

Bugun, 9-fevral so‘z mulkining sultoni, mutaffakkir Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik va yorqin namoyandasi Mir Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.

Alisher Navoiyning boy adabiy merosi o‘zbek adabiyoti, she’riyatining durdona, shox asarlari sifatida mana qariyb VI asrdan beri o‘qib, o‘rganib kelinmoqda.

Chuqur falsafiy va hayotiy haqiqatlarga yo‘g‘rilgan dostonlari, g‘azal va ruboiylarida qayd etilgan mavzular bugungi zamon uchun ham birdek dolzarb ahamiyat kasb etadi.