icon
SHOVOT TUMANI
AXBOROT-KUTUBXONA
MARKAZI
Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q.
SH.Mirziyoyev

Yangiliklar

Blog
“Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan, joriy yilning 13–17-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan bugun Shovot tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda Shovot tuman Xotin-qizlar bo’limi rahbari Saida Jumaniyazova, Ma’mun universitetining “Umumkasbiy fanlar” kafedrasi mudiri, Falsafa fanlari doktori (PhD) professor Adilov Zafar Yunusovich,  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shovot tuman  bo`limi rahbari Bekzod Matyaqubov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Qadamboy Shodonov, taniqli  afg’onchi shoir Rahimboy Otaboyev, tuman AKM direktori M.Pirjanova, maktab kutubxonachilari, 2- 15-44-48-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari,  tuman Madaniyat bo‘limi san’atkorlari hamda faol kitobxonlar bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tuman axborot kutubxona markazi direktori Maryam Pirjanova ochib berdi.

Tadbir qatnashchilari yoshlarga kitob o'qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlardan keng foydalanishlari, kitob o`qishning ahamiyati  to`g`risida o`zlarining fikr va mulohazlarini bildirib o’tdilar.

Tadbir davomida o`quvchilar, kitob haqida she’rlar o‘qidib, hamda Ona vatanni madh etuvchi  kuy-qo‘shiqlar ijro etdilar. Ayniqsa jajji o‘quvchilar o‘zlarining raqslari bilan davraga yanada fayz bag‘ishladilar.